Vaxobov Botirali Mixailovich. 1982 yil 28 fevralda Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumanining G`ovozon qishlog`ida ziyoli oilasida tug`ilgan.
1999 yilda Namangan shaxridagi Akademik litseyni tamomlab, Namangan davlat universiteti tarix fakultetiga o'qishga kirdi. 2003 yilda oliygohni imtiyozli bakalavriyat diplomi bilan yakunladi. 2003-2005 yillarda 5A220201-Vatan tarixi ixtisosligi bo`yicha magistraturani tamomlagan. 2005 yildan buyon NamDU O'zbekiston tarixi kefadrasida o'qituvchi lavozimida ish boshlab, o'ziga biriktirilgan fan darslarini talab darajasida, sifatli va o'z vaqtida o'tib, shu bilan birga fakultetning barcha jamoat tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati davomida ilmiy-amaliy konferensiyalarda 9 ta maqola, fan dasturlari bo'yicha 2 ta ma'ruza matni yaratgan.
Xozirda t.f.d. U.S.Abdullayev ilmiy raxbarligida "Fargona vodiysida etnografik guruhlar va etnik jarayonlar" mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Uylangan. 2 nafar farzandi bor.